vOQEA real hayotdan olingan

Zo‘ravon: "Or-nomus 500 ming"

500 ming... Bir ota-onaning 16 yil qalb-qo‘rida avaylab ulg‘aytirgan qizining or-nomusi, ibo-hayosi atiga 500 ming...
O‘sha paytlar hali 16 ga ham to‘lmagan, qalbi orzu-umidlarga to‘la qiz edim. Maktabda yaxshi o‘qib, tengdoshlarimdan ajralib turardim. Bo‘sh vaqtim dars tayyorlash-u onamga uy ishlarida yordamlashish bilan o‘tardi. Qachonki, o‘sha xotiramda qora nuqta bilan saqlanib qolgan voqea bo‘lguniga qadar...
Jizzax shahridagi maktabda o‘qib, darsdan keyin repetitorga borardi qahramonimiz. Faqat dam olish va bayram kunlarigina uyga qaytardi. Ramazon hayiti arafasida bayram sababli onasi Maftunani uyga chaqirdi. Sog‘ingani uchun kechroq bo‘lsa-da yo‘lga chiqadi. Odam tashuvchi taksilar yoniga borganida uzoq qarindoshi Sanjarni odam kutib turganini ko‘radi. Sanjar “Chiq chiqaver mashinaga o‘zi shoshib turgandim, sen bilan yuraveraman”, -deb aldab mashinaga chiqari. Yo‘l-yo‘lakay uyidan zarur narsa olishi kerakligini, keyin Maftunani tashlab qo‘yishini aytadi va mashinani uyi tomon haydaydi.
Kun qoraygani sari qizaloqning qalbida xavotir kuchayadi. Sanjar mashinasiga yuk joylash bahonasida Maftunaning yoniga o‘tirib, kutilmaganda unga tashlanadi. Bexosdan bo‘lgan bu hamladan o‘zini yo‘qotib qo‘ygan qahramonimiz unga qarshilik qiladi, bor kuchi bilan baqiradi, ne ajabki hech kim yordamga kelmaydi. O‘zidan 15 yosh katta erkakdan or-nomusini himoya qilayotgan ojizaga uzoqdan kelayotgan mashina chirog‘i najot bo‘ladi. Ammo mashina eshiklari qulflanganligi sababli qochishning iloji bo‘lmaydi.
Qochishga imkon, yurishga madori yo‘q Maftuna kuchli stress sabab labidagi tishlashdan qolgan yaralar-u ko‘karishlarga -Bo‘lar ish bo‘ldi. Seni nomusingni buzmadim. Hammasi joyida. Agar hech kimga aytmasang plastigingga 500 ming pul tashlab beraman”, -degan gapidan keyin e’tibor beradi.


500 ming...Bir ota-onaning 16 yil qalb-qo‘rida avaylab ulg‘aytirgan qizining or-nomusi, ibo hayosi atiga 500 ming...
Bo‘lgan voqeani qizidan eshitgan Maftunaning onasi muhabbat opa zudlik bilan USAIDning O‘zbekiston huquqiy islohotlar dasturi doirasida tashkil qilingan “Istiqlol avlodlari” ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qo‘llab-quvvatlash markaziga belgilangan tartibda murojaat qiladi. Ijtimoiy yordam ko‘rsatish sohasida katta tajribaga ega markaz xodimlari Maftuna bilan bo‘lgan voqeani batafsil o‘rganib, ularga yordam berish mexanizmlarini ishlab chiqadi. Avvalo, qahramonimizga psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatildi. Keyingi masala zo‘ravonga chora ko‘rish edi. Huquqshunos va jabrlanuvchi bilan olib borilgan suhbatlar, huquqiy maslahatlardan keyin zo‘ravon ustidan sudga ariza berilib, bir qancha harakatlardan so‘ng g‘alaba qozonildi. Sanjar O‘zbekiston Respublikasi JK ning 25.118- moddasi 3 qismi “a” bandi bilan aybdor deb topilib, 6 yilga qamoq jazosi bilan jazolandi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada nomusga tegish va nomusga tegishga urinish jinoyatlari bo‘yicha so‘ngi besh yilda raqamlar 50 foizdan ham oshib ketgan. Birgina “Istiqlol avlodlari” ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi misolida raqam keltiradigan bo‘lsak, markazga gender zo‘ravonlik bilan murojaat qilgan fuqarolar soni umumiy hisobda 1836 tani tashkil qiladi.
Ayni shu mavzuda iqtisodiy, psixologik, jismoniy, jinsiy va zo‘ravonlikning boshqa har qanday turidan jabrlangan ayollarga yordam berilgan. Demak, markaz mana shuncha ojizalarning hayotini izga tushishiga sabab bo‘lmoqda.
Hikoyada keltirilgan ismlar va joy nomlari o'zgartirilgan.
This site was made on Tilda — a website builder that helps to create a website without any code
Create a website